Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradagi vaziyat keskinligicha qolayotganini ma'lum qildi
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, Tojikiston tomonida texnika va harbiylar to‘planayotgani kuzatilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikiston vakillari 4 iyunga o‘tar kechasi chegaraning O‘sh viloyati Cho‘n-Oloy tumani Unju-Buloq hududidan o‘tuvchi aniqlanmagan qismida konteyner o‘rnatishni boshlagan va Qirg‘iziston ichkarisiga ming metrgacha kirgan.
«Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat keskin deya baholanmoqda. Tojikiston tomondan avtomobil va yengil zirhli texnikada harbiylar to‘planayotgani kuzatilmoqda», deb ma'lum qilgan Qirg‘iziston chegara xizmati.
Aprel oxirida ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlar yuz berib, ular og‘ir qurol qo‘llangan holdagi janglarga aylanib ketgandi. Mojaroga suv taqsimotidagi bahs sabab bo‘lgan. 1 may kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvni imzolagan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025