Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaliklarning Yevro-2020 uchun formasida Qrim ifodalangan xarita aks etdi. Rossiyadagilar bundan norozi
Yevropa chempionati arafasida kichik mojaro yuzaga keldi.
O‘zi nima bo‘ldi?
11 iyun kuni boshlanadigan Yevro-2020 turnirida ishtirok etuvchi Ukraina milliy jamoasi yangi liboslarini taqdim etdi.

Futbolkada Ukraina xaritasi tasvirlangan bo‘lib, unda 2014 yil Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan Qrim yarimoroli xaritasi ham aks etgan.
Bundan tashqari, libos yoqasida ukrain millatchilari va o‘nglarni ifodalovchi «Slava Ukraine» va «Geroyam slava» shiorlari tushirilgan.
«Ukraina terma jamoasi Yevro-2020da yangi, maxsus formada ishtirok etadi. Har bir ukrain uchun qadrli bo‘lgan talisman va ramz uning asosiy atributidir. Bu mamlakatimizdagi barcha uchun eng qimmatli qiyofadir. Qrim, Donetsk, Lugansk, Kiyev, qadrdon Dnepr, Lvov, Odessa va bolalikdan eng asosiy kuy milliy madhiya bo‘lgan barcha shaharlar hamda qishloqlar bilan bo‘linmas va yagona vatan. «Ukrainaga shon-sharaflar!» va unga javoban qaytariladigan «Qahramonlarga shon-sharaflar!» shiorlari endi formada ham bo‘ladi va futbolchilarimizni yangi g‘alabalarga ilhomlantiradi.
Ishonamizki, Ukraina silueti futbolchilarga kuch beradi, axir ular butun Ukraina uchun kurashadi. Butun Ukraina, Sevastopol va Simferopoldan Kiyevgacha, Donetsk va Luganskdan Ujgorodgacha — ularni har bir o‘yinda qo‘llab-quvvatlaydi. Bu Yevro-2020da yaxshiroq o‘ynash ishtiyoqida yonayotgan futbolchilar uchun ham, Andrey Shevchenkoning jamoasiga ishonch bildirayotgan millionlab muxlislarimiz uchun ham juda muhim. Futbol va milliy terma jamoa Ukrainani birlashtiradi. Ukrainaga shon-sharaflar bo‘lsin», — deya ushbu komplektni izohlagan Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari Andrey Pavelko Facebook’dagi sahifasi orqali.

Rossiyadagilar bu haqda nima deyishmoqda?
«Ukrainani asta-sekinlik bilan unutishmoqda, dunyoda boshqa muammolar yetarli. Hozirda kun tartibida Amerika va Rossiya prezidentlarining tarixiy uchrashuvi. Ukraina o‘zi haqida eslatib qo‘yish uchun qanday bo‘lmasin sabab qidirmoqda. Rossiyalik jurnalistlar ham hozir pashshadan fil yasamoqda, bunga esa butun dunyo e'tibor qaratmoqda. Kim formaga qaradi? Men ularning formasida nima tavsirlanganini tushunmadim ham. Biz bunga e'tibor qilishimiz kerak emas. Yaxshisi Yevropa chempionati arafasida terma jamoamizni muhokama qilaylik. Jurnalistlar tinchlanishi kerak, barcha muammo sizda», — degan Davlat dumasi deputati Igor Lebedev.
«Chempionat reglamentiga ko‘ra bunday qilish mumkin emas. Bu formada bo‘lishi mumkin bo‘lmagan siyosiy shior. Agar UYeFA rahbariyati ko‘r bo‘lmasa, ular Ukrainaga bu formada ishtirok etishni taqiqlashi kerak. Bu xalqaro sport musobaqalari prinsipini buzishdir — sport siyosatdan xoli! Shaxsan menga ukrainlarning formasida nima bo‘lishi qiziq emas. Ular kuchli jamoa bo‘lsa ham mayli edi. Axir ular autsayderlarku. Birinchi yirik mag‘lubiyatdan keyin ular haqida unutishadi. Bu Ukraina hech kimga qiziq emas», — degan boshqa bir deputat Vitaliy Milonov.
Chindan ham Ukrainaga bu formada o‘ynash taqiqlanishi mumkinmi?
Yevropa chempionati reglamentida nimalar deyilgan:
— 54.2 modda. «Ishtirok etuvchi assotsiatsiyalar UYeFA ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan kiyimlardan foydalanishi kerak. Yangi o‘yin liboslari namunalari UYeFA ma'muriyatiga tasdiqlash uchun foydalanilishidan kamida to‘rt hafta oldin yuborilishi kerak».
54.4 modda. «Turnirning final qismi uchun mo‘ljallangan yakuniy to‘plamlar ishtirokchi assotsiatsiyalar tomonidan UYeFA ma'muriyatiga yuborilishi kerak. Ushbu protseduralar asosida UYeFA ma'muriyati turli predmetlarni tasdiqlash yoki rad qilish bo‘yicha qaror chiqaradi».
Taqiqlar bo‘yicha 54.05 moddada shunday deyiladi: «Turnir davomida qo‘llanadigan ekipirovkalarning barcha predmetlari har qanday homiylik reklamalaridan xoli bo‘lishi kerak».
Ukraina milliy jamoasi Yevro-2016 turnirida kiygan formada hech qanday xarita va shiorlar bo‘lmagan. Futbolkaning old tomonida grafik print bo‘lib, bu mamlakat madaniyati va an'analariga aloqador emasdi.
Komplekt boshqalarga ham yoqmagan. Britaniyaning Sky Spors telekanali o‘z tomoshabinlari o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra ukrainlarning formasi turnirning 24 ishtirokchisi orasida eng yomoni deb topilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025