Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda 26 yoshli mast erkak 41 yoshli tanishini mix bilan jarohatlab o‘ldirdi
Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 26 yoshli shaxs mast holda 41 yoshli hamqishlog‘ini mix bilan jarohatlagan. Oqibatda jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 5 iyun kuni soat 18:30 larda Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘ida joylashgan Yetti uylik mahallasida yashovchi B.S. qishloq markazida joylashgan to‘yxona oldida tanishi, shu qishloqning O‘rta guzar mahallasida yashovchi O‘.O. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan mast holatda o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ng, shu atrofda joylashgan xo‘jalik mollari do‘konidan 15 santimetr uzunlikdagi mixni olib chiqib, O‘.O. ning o‘ng ko‘krak qismiga bir marotaba sanchib, u yerga yiqilganidan so‘ng oyoq va qo‘llari bilan bosh sohasiga zarbalar bergan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan O‘.O. Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Ta'kidlanishicha, marhum O‘.O. ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan 2021yil 5 iyun kuni Urgut tumani prokuraturasi tomonidan B.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi B.S. protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025