Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda mix yordamida qilingan qotillikni suratga tushirib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan yigit qamoqqa olindi
Joriy yil 6 iyun kuni Samarqand viloyati Urgut tumani G‘o‘s qishlog‘i markazida spirtli ichimlik ta'siri ostida bir yigit ikkinchi yigitni mix bilan jarohatlab o‘ldirdi. Atrofdagilardan biri holatni videotasvirga olib, so‘ng uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bugun ana shu yigit 7 sutkaga qamalgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video yuzasidan IIB xodimlari tomonidan tekshiruv olib borilganda, uni Urgut tumanida yashovchi Sh.S. tarqatgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, IIB xodimlari fuqaro Sh.S. bilan bu kabi zo‘ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borganda u faol qarshilik ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng fuqaro Sh.S.ga tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan va to‘plangan hujjatlar Urgut tuman sudiga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan Sh.S.ga nisbatan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bo‘lib, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025