Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Samarqandda gender zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha sinov treningi o‘tkazadi
2021 yilning 8-10 iyun kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) bilan hamkorlikda “Gender zo‘ravonlikni sodir etgan shaxslar bilan ishlash” mavzusida uch kunlik trening o‘tkaziladi.
YuNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabariga ko‘ra, trening ishtirokchilari to‘rt guruhdan iborat bo‘ladi. Bunda, Samarqand shahri, Samarqand va Bulung‘ur tumanlari mahallalaridan gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar, muassasalar vakillari, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va psixologik xizmatlar guruhlari qatnashadi.

Loyiha Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida amalga oshiriladi. Samarqand shahridagi treningning asosiy maqsadi – Vazirlar Mahkamasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini amalga oshirish bo‘yicha idoralararo javob choralarini takomillashtirish uchun zarur shartlarni yaratish va ijrosini ta'minlovchi vakolatli tashkilotlar xodimlari salohiyatini oshirish.

Trening vazifalari quyidagilardan iborat: xizmat ko‘rsatuvchilarga gender tengligini ta'minlash va ishtirokchilarga gender zo‘ravonlikka qarshi kurashishning milliy me'yoriy-huquqiy asoslari haqida ma'lumot berish, “tajovuzkor xulq” tushunchasini, munosabatlarda tajovuzkor xulqning sabablari, shuningdek, tajovuzkorlik muammosining psixologik va ijtimoiy-huquqiy jihatlarini, zo‘ravonlik takrorlanishi oldini olish uchun zarur chora-tadbirlarni, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha idoralararo hamkorlik mexanizmini muhokama qilib, tavsiyalar ishlab chiqish.

Gender zo‘ravonlik holatlarini hujjatlashtirish va tajovuzkor bilan ishlash uchun axborot bazasini yaratish mexanizmi bilan tanishish va muhokama qilish, Samarqand viloyatining tanlangan mahallalarida sinov sifatida tatbiq qilish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchilar uchun zo‘ravonlik sodir qilgan shaxslarning xatti-harakatini tuzatish bo‘yicha namunaviy dasturlar bilan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya tavsiyasiga asosan, YuNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida va Buyuk Britaniya hukumati ko‘magida 2020 yil sentyabr-oktyabr oylarida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar uchun tezkor, sifatli yordam ko‘rsatish maqsadida standart operatsion ish tartiblari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar vakillari uchun birinchi bosqich onlayn-treninglar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025