O‘zbekiston | 19:23 / 08.06.2021
2487
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Bu – Qatar davlati tashqi siyosat idorasi rahbarining O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

9 iyun kuni O‘zbekistonga Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu – Qatar davlati tashqi siyosat idorasi rahbarining O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi.

 Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, transport-kommunikatsiya, xususan, davlatlararo havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish masalasi alohida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid