Sirdaryoda YPX xodimiga mast haydovchini to‘xtatishda yordam bergan haydovchiga zo‘ravonlik qilganlar 15 sutkaga qamaldi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida YPX xodimiga mast haydovchini to‘xtatishda yordam bergan haydovchiga zo‘ravonlik qilgan 6 nafar shaxs 15 sutkaga qamalgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 30 may kuni soat 21:00 larda Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB YPX guruhi safdor xodimi Eldor Shamsiyev shaharning Guliston hamda Xalqlar do‘stligi ko‘chalari chorrahasida xizmat vazifasini olib borayotganda Neksiya-2 mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan. Xodim unga to‘xtash ishorasini berganda, haydovchi bo‘ysunmasdan qochib ketgan. Shundan so‘ng, YPX xodimi boshqa xodimlarni ogohlantirib, o‘sha atrofda turgan fuqarolardan biriga tegishli bo‘lgan Neksiya-3 mashinasi bilan qochib ketgan haydovchining ortidan borgan. Haydovchi Mirzaobod tumani hududiga yetganda to‘xtatilgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimi foydalangan Neksiya-3 mashinasi haydovchisi ortga qaytayotganda, o‘sha atrofda bo‘lgan olti nafar fuqaro unga zo‘ravonlik qilgan. O‘zini «Zokir» deb tanishtirgan fuqaro boshchiligida ular haydovchining hujjatlarini olib qo‘yib, o‘zini haqoratlashgan. Unga ruhiy bosim o‘tkazishgan.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati IIB tomonidan huquqbuzarlar Ma'muriy kodeksning 46-moddasi 1-qismi, 183, 195, 200-moddalari bilan qonunbuzilish holatlari sodir etgan, deb topilib, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzaobod tuman sudiga yuborilgan. Sud zo‘ravonlarning xatti-harakatlarini o‘rganib chiqib, ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Mavzuga oid
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
09:52 / 26.11.2024
10 oyda salkam 16 ming kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi
17:03 / 25.11.2024
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
19:44 / 18.11.2024