Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoqda 1 iyuldan COVID-sertifikatlar tizimi ishga tushadi
Hujjat raqamli yoki qog‘oz shaklida beriladi. U sertifikat egasining koronavirusga qarshi emlangani, yaqinda topshirgan testi natijasi manfiy chiqqani yoki kasallikdan sog‘ayganini tasdiqlaydi.
Yevroparlament yig‘ilishida Yevroittifoq hududida emlanganlik sertifikatlari joriy etilishi ma'qullandi.
Koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar tizimi 1 iyuldan ishga tushadi. Hujjat raqamli yoki qog‘oz shaklida beriladi. U sertifikat egasining koronavirusga qarshi emlangani, yaqinda topshirgan testi natijasi manfiy chiqqani yoki kasallikdan sog‘ayganini tasdiqlaydi.
«Amalda bu uchta turli sertifikat bo‘ladi», — deyiladi Yevroparlament xabarida.
Yevroparlament qaroriga ko‘ra, YeI mamlakatlari bunday sertifikat egasidan karantinga joylashish yoki test topshirishni talab qilishi mumkin emas.
YeIning bir mamlakatida berilgan sertifikat ittifoqdagi barcha mamlakatlar hududida qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025