Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Kavkazning eng yirik universiteti O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi
Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal universiteti Samarqand davlat universiteti negizida xorijiy vakolatxonasini ochadi. Universitet matbuot xizmatida xabar qilinishicha, bu Rossiya universitetining ilk xorijiy vakolatxonasi bo‘ladi.
«Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim qadam Samarqand davlat universitetida Shimoliy Kavkaz federal universiteti vakolatxonasini tashkil etish bo‘ladi. Vakolatxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari abituriyentlar bilan ishlash, qo‘shma ta'limiy, ilmiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirishdan iborat», deb ma'lum qilingan xabarda.
Universitetlar hozirda ikki tomonlama diplom olish imkonini beruvchi 6ta magistratura dasturini yo‘lga qo‘ygan. 2021 yildan magistratura yo‘nalishi bo‘yicha yangi va bakalavriat bo‘yicha ikkita dasturga talabalarni qabul qilish boshlanadi. Oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
«O‘zbekiston ilmiy-ta'limiy hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli davlatlardan biri hisoblanadi, Samarqand davlat universiteti esa bizning strategik hamkorimiz. Biz ilk xorijiy vakolatxonamizni aynan shu ta'lim dargohida bejizga ochmayapmiz», deb aytgan Shimoliy Kavkaz federal universiteti rektori Dmitriy Bespalov.
Shuningdek, universitetlar mintaqaviy rivojlanishning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganish uchun xalqaro laboratoriya ochishni rejalashtirmoqda. Yaqin kelajakdagi rejalar orasida ikki davlatdagi tabiiy jarayonlarni monitoring qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, etnodemografik va migratsiya jarayonlari, urbanizatsiyani tadqiq qilish va turizmni rivojlantirish kabilar bor.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
18:43 / 16.05.2025