O‘zbekiston | 17:02 / 12.06.2021
2975
1 daqiqa o‘qiladi

Izboskan tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Paxta ekin maydonining bir qismini 6 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan.

Fuqaro I.Q. boshqa bir fuqaro Sh.ga  o‘g‘li rahbarligidagi “B” fermer xo‘jaligiga tegishli 0,10 gektar paxta ekin maydonini 6 000 AQSh dollari evaziga  kelgusida kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali turar joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudida 100 gektar yer ajratib berish evaziga 128 ming dollar pora olgan to‘rt nafar mansabdor shaxsga hukm o‘qilganligi haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid