O‘zbekiston | 13:07 / 14.06.2021
15023
4 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida soliq xizmati organlari tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan Andijon, Bo‘ston, Oltinko‘l tumanlari hamda Xonobod shahri davlat soliq inspeksiyalariga boshliqlar tayinlandi

Mansurjon Shuhratovich To‘xtaoxunov Andijon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Mansurjon To‘xtaoxunov 990 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini «Informatika va axborot texnologiyasi» hamda 2016 yilda Soliq akademiyasini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

M.To‘xtaoxunov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish  bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2012 yilda Jalaquduq tumani davlat soliq inspeksiyasi Axborot tizimlari sho‘'basi davlat soliq bosh inspektorligidan boshlagan.

Mansurjon To‘xtaoxunov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi hisoblanadi. 

Ziyoda Hakimovna Qosimova Xonobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ziyodaxon Qosimova 1986 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2008 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini «Menejment» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Z.Qosimova bundan avval Qo‘rg‘ontepa tumani  davlat soliq inspeksiyasi Buxgalteriya bosh hisobchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Tashkiliy inspektorlik va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Ziyodaxon Qosimova soliq xizmatining I darajali inspektori hisoblanadi.

Dilshod Muhamadjonovich Ahmadaliyev Bo‘ston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi;

Dilshodbek Ahmadaliyev 1989 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2011 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

D.Ahmadaliyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi Sayyor soliq tekshiruvlari sho‘'basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2012 yilda Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish shubasi davlat soliq bosh inspektorligidan boshlagan.

Dilshodbek Ahmadaliyev soliq xizmatining I darajali inspektori hisoblanadi.

Sherzod Isroiljonovich Nabijonov Oltinko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sherzodbek Nabijonov 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2004 yilda Farg‘ona soliq kollejini hamda 2008 yilda Soliq akademiyasini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Sh.Nabijonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Baliqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2004 yilda Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi Bank ma'lumotlari asosida soliq to‘lovchilarning budjet bilan munosabatlarini tahlil qilish bo‘yicha davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Sherzodbek Nabijonov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi hisoblanadi.

Mavzuga oid