O‘zbekiston | 11:11 / 16.06.2021
6730
1 daqiqa o‘qiladi

Tijorat banklarida dollar kursi 10 670 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 16 iyun, chorshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: KUN.UZ

Bir qator banklarda dollar olish 10 570 - 10 600 so‘mdan, sotish 10 660 - 10 670 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

Qayd etish lozimki, so‘nggi marta banklarda dollar kursi may oyining ikkinchi yarmida jiddiy ko‘tarilgandi (1 AQSh dollarining sotish kursi - 10 650 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 16 iyun kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga oshgan va bir dollar 10 616 so‘m 02 tiyinni tashkil qildi.

Mavzuga oid