O‘zbekiston | 10:17 / 16.06.2021
2839
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Aholidan ehtiyotkor bo‘lish so‘raldi

Toshkent shahrida 2021-2022 yillarda isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, «Toshissiqquvvati» DUK tomonidan 2021 yilning 21 iyunidan 16 iyuligacha issiq suv bo‘yicha iste'molchilarni chegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlari mexanik chidamliligi va zichligi (yuqori bosimda) sinovdan o‘tkaziladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ish jarayonida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar bo‘lishi mumkin. Yo‘llarning qatnov qismiga va piyodalar yo‘liga issiq suv sachrashi mumkin. 

“Shu bois, haydovchilar va piyodalar, ma'muriy va turar joy binolaridagi aholimizdan ehtiyotkor va e'tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Hokimlik noodatiy holatlar sezilsa, (78) 129-01-85 telefoni orqali ma'lum qilishni so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid