Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada quduq tozalayotgan bir fuqaro vafot etdi, ikkinchisi qutqarildi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan quduqdan ikki nafar fuqaro olib chiqilgan. Ulardan biri vafot etgan. Ikkinchisining hayoti saqlab qolingan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 17 iyun kuni Farg‘ona tumani «Do‘stlik» MFY Nilufar ko‘chasidagi uylarning birida 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalayotgan S.S.ning boshiga tuproq to‘la temir chelak tushib ketgan. Oqibatda, u voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, uy egasi S.S. quduq tozalash ishlari olib borayotgan vaqtda, temir chelakning arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kiyimi borligiga qaramasdan u og‘ir tan jarohati olib vafot etgan. Hodisani kuzatib turgan R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushgan va qaytib chiqa olmagan.
Ta'kidlanishicha, viloyat FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan S.S. va R.T. olib chiqilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025