O‘zbekiston | 11:38 / 18.06.2021
2549
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda yuqori lavozimli ishga o‘tkazish uchun 300 dollar olgan mutasaddi ushlandi

Buxoro shahrida yuqori lavozimli ishga o‘tkazish uchun 300 AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, huquqni himoya qilish organlari tomonidan firibgarlik qilgan Buxoro shahar Shayxon ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan «Buxoro ko‘klam» unitar korxonasi mas'ul xodimi H.M. ushlangan.

Mazkur shaxs Jondor tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi vazifasida ishlovchi E.Sh.ni viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali yuqori lavozimli ishga o‘tkazishini aytib, 300 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid