Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Budjet mablag‘lari adekvat sarflanishini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak” - Umida To‘xtasheva
“O‘zbekistonning hozirgi iqtisodiy holatidan kelib chiqib, budjet mablag‘lari birinchi navbatda qayerga yo‘naltirilishi kerakligiga e'tibor qaratish lozim”, – dedi rossiyalik veteranlar o‘zbekistonlik soliq to‘lovchilar hisobidan dabdabali mehmon qilinganiga munosabat bildirgan Aksilkorrupsiya agentligi direktori o‘rinbosari.
Toshkent shahar hokimligi Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi vakillarining 28 kishidan iborat delegatsiyasini qabul qilib, ular uchun 27,6 mln so‘mlik kechki ovqat tashkil etgan.
Bu jamoatchilikka ma'lum bo‘lganidan so‘ng ko‘p o‘tmay ochiqlik haqidagi farmon imzolandi. Unga asosan, davlat organlari va tashkilotlari xorijdan kelgan mehmonlarni kutib olish xarajatlarini ochiqlab borishi belgilandi.
Budjet mablag‘lari dabdabalar uchun ishlatilishining oldini olish uchun bunday xarajatlar ochiqlanishining o‘zigina yetarlimi? Kun.uz muxbiri ushbu savol bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtashevaga yuzlandi.
“Juda to‘g‘ri e'tibor qaratyapsiz. [...] Bu borada hech qanday normativlar mavjud emas. Bu normativlar to‘g‘risida farmonda hech qanday so‘z yuritilmagan, ammo bu masalani ko‘tarishimiz mumkin.
Chunki veb-sayt orqali bilishgach keyin, soliq to‘lovchilar haqli e'tirozlar bildirishi mumkin. Va bu murojaatlar ertaga yangi takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Juda ham to‘g‘ri aytyapmiz, hozirda O‘zbekistonning iqtisodiyoti, sharoitidan kelib chiqqan holda mablag‘lar birinchi navbatda qayerga yo‘naltirilishi kerakligini o‘ylashimiz kerak. Va ajratiladigan mablag‘larning adekvatligini qaytadan ko‘rib chiqishimiz kerak”, – dedi Umida To‘xtasheva.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi – bu jamoa tashkiloti ekani, tashkilot a'zolari Toshkent shahri va qator viloyatlarda davlat budjeti hisobidan mehmon qilingani e'tirozlarga sabab bo‘lgandi.
«Budjetdan tashqari» ishlatilayotgan pullar qomusimizning asosiy prinsiplariga zid – Behzod Hoshimov
Mavzuga oid
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
15:30 / 01.09.2024