Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan noma'lum hayvonga tegishli iste'molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga olib ketilayotgan go‘sht tekshirib ko‘rilganda uning iste'molga yaroqsizligi aniqlangan va tegishli tartibda yo‘q qilingan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 22 iyun kuni soat 01:30larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan «Umakay» yo‘l-patrul xizmati maskanida YPX xodimi tomonidan Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan Kia Carnival rusumli mashina to‘xtatilgan. Mashina tekshirilganda uning yukxonasida to‘q qizil rangli, noma'lum hayvonga tegishli bo‘lgan, jami og‘irligi 460 kilogrammga teng go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur go‘sht mahsulotlari Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limining laboratoriyasida tekshirilganda iste'molga yaroqsizligi aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
22:11 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
12:15 / 10.05.2025