Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya «Sputnik V» vaksinasini milliy darajada ro‘yxatdan o‘tkazishdan voz kechdi
Avvalroq Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi «Sputnik V» vaksinasi Yevroittifoqda avgust oxiriga qadar ro‘yxatdan o‘tishini ko‘zlayotganini bildirgandi.
Germaniya hukumati Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini Yevropa ittifoqidan alohida ravishda ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi vakili ma'lum qildi.
«Biz, albatta, milliy davlat sifatida har qanday vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishimiz mumkin, bu «Sputnik V»ga ham tegishli, ammo koronavirusga qarshi vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda umumevropa yondashuvida bo‘lishga qaror qildik», – dedi u.
Avvalroq Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi «Sputnik V» vaksinasi Yevroittifoqda avgust oxiriga qadar ro‘yxatdan o‘tishini ko‘zlayotganini bildirgandi.
Aprel boshlarida GFR sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan Germaniya Rossiya bilan «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib borishini aytgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025