Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada vatandoshlar uchun «Umid» markazi ochildi (foto)
Bugun 23 iyun kuni Kvanju shahrida O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Umid» markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzbekLife muxbiri xabar beradi.
Tadbirda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning bir qator rasmiy idoralar vakillari, jumladan, Kvangju shahri Kvansan-gu tumani hokimi, Kvangju universiteti rahbari, Xalqaro Rotary tashkilotining 3710 okrugi gubernatori, O‘zbekiston Bosh vazirining savdo bo‘yicha maslahatchisi va boshqalar rasmiy ochilish marosimida so‘zga chiqishdi.


Ma'lum bo‘lishicha, Koreyaning Kvangju shahrida 4500 mingdan ortiq o‘zbekistonlik hamyurtlarimiz faoliyat olib borishadi. Yangi ochilayotgan «Umid» markazining asosiy vazifasi turli xil sharoitlar sababli qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizga yaqin ko‘mak berishda xizmat qiladi. Shuningdek, yangi ta'mirdan chiqqan 4 xonali markaz vatandoshlarimiz uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini ham o‘taydi. Markaz O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan zamonaviy texnika vositalari va mebellar bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.





Feruza Avazova
UzbekLife’ning Janubiy Koreyadagi muxbiri
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025