Jahon | 08:21 / 24.06.2021
5486
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada bozorga berilgan aviazarba oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kamida 33 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Foto: AP

Efiopiyada aviazarba oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Shuningdek, kamida 33 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Jabrlanganlar Mekele shahri shifoxonasiga olib kelingan.  

Aniqlik kiritilishicha, bomba Togogi bozoriga tashlangan.  

Efiopiya federal qo‘shinlari 4 noyabrdan buyon Tigray xalq ozodlik fronti otryadlariga qarshi janglar olib bormoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid