Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Koronavirusdan keyin hosil bo‘ladigan himoya hammada har xil muddat saqlanadi» - shtab a'zosi
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva qator savollarga javob berdi.
Xususan, savollardan biri quyidagicha ko‘rinish oldi:
«O‘tgan yili kuzda COVID bilan kasallanib, sog‘aygandik. Yaqinda qizim shamolladi, hid va ta'm bilmayapti. PZR-test musbat chiqdi. Tuzalgan odamlarda antitanachalar bir yilgacha himoya qiladi deyishgandi. Endi nima qilamiz?»
Sevara Ubaydullayevaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus infeksiyasidan keyin hosil bo‘ladigan himoya immun hujayralari, ya'ni immunoglobulin-G barchada har xil muddat saqlanishi qayta-qayta ta'kidlanmoqda.
«Bu inson organizmining turli xususiyatlari — kasallikni qay darajada o‘tkazgani, olingan davo muolajalari ta'siri hisobidan kelib chiqib, 3, 6, uzog‘i 9 oygacha himoya qilmoqda. Shundan keyin bu hujayralarning titri tushib, himoya qobiliyati yo‘qolib ketmoqda.
Bu degani — insonning koronavirusdan himoyasi yo‘q, degani. Qizingiz kuzda kasallangan ekan, oradan 9 oy o‘tibdi, demak farzandingizda himoya hujayralari titri tushgan, shu bois qayta kasallangan.
Sizning taktikangiz:
- qizni alohidalang;
- oilangiz a'zolari niqob taqishi va ijtimoiy masofa saqlashga rioya qilishi kerak;
- oila a'zolari qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvishi, tomoqlarni va burunlarni tez-tez chayib turishi kerak;
- xonalarni tez-tez shamollatib turing, konditsioner bor xonadan qizingizni uzoqlating va imkon qadar oila a'zolari ham konditsionerli xonada ko‘p bo‘lishmasin;
- oilaviy shifokoringizni uyga chaqiring, uni qizingizdagi koronavirus alomatlari haqida ogohlantiring;
- shifokor bolaning salomatligini to‘liq o‘rganadi, davo choralari tavsiya qiladi, bepul «boks» — dori qutisini taqdim etadi va qanday dorilarni qanchadan ichish kerakligini, gigiyena va karantin qoidalarini tushuntiradi, ovqatlanish va jismoniy faollik hamda nafas mashqlari to‘g‘risida ham ma'lumot beradi;
- oila a'zolarining barchasi bemor bilan kontaktda bo‘lganlar toifasiga kiritilib, 7-10 kun nazoratda bo‘lish talab etiladi», dedi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
11:56 / 17.07.2022
Yoz jaziramasida oftob urishidan qanday saqlanish kerak? Mutaxassis tavsiyalari
08:43 / 07.09.2021