Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda havo harorati rekord darajada ko‘tarildi
27 iyun kuni Portlendda harorat +44,4 darajaga yetdi va bir kun avvalgi rekord (42,2 daraja) zabt etildi.
AQShning Sietl va Portlend shaharlarida g‘ayrioddiy jazirama hukmronlik qilmoqda, deb xabar berdi Deutsche Welle.
Mamlakat milliy meteorologiya xizmati (NWS) ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu haftada havo harorati odatdagidan 6 darajaga yuqori bo‘ladi.
27 iyun kuni Portlendda harorat +44,4 darajaga yetdi va bir kun avvalgi rekord (42,2 daraja) zabt etildi. Avvalgi rekord 41,7 daraja bo‘lib, 1965 va 1981 yillarda qayd etilgandi.
26 iyun kuni Sietlda havo harorati +38,3 darajani tashkil etdi, bu butun kuzatuvlar tarixidagi iyun oyining eng issiq kuni sifatida qayd etildi.
Vashington va Oregon hamda Aydaho, Vayoming va Kaliforniya shtatlarining ayrim hududlarida harorat o‘ta yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Portlend shahri hokimiyati jazirama ob-havo bois jamoat transporti, tez tibbiy yordam va elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Sietlda aholi muntazam ravishda sovuq suv ichish, deraza pardalarini ochmaslik, ventilyatordan foydalanishga chaqirildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025