O‘zbekiston | 10:04 / 28.06.2021
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda maktab o‘quvchisi qo‘shni qizga uyqu dori berib taqinchoqlarini o‘g‘irladi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida maktab o‘quvchisi qo‘shnisining 4 yoshli qiziga uyqu dori berib, so‘ng uning qulog‘idagi sirg‘ani o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 25 may kuni soat 09:30larda Denov tumanining Vodiy mahallasida ijarada yashovchi, maktab o‘quvchisi, voyaga yetmagan M.Aziza, ko‘chada o‘ynab yurgan qo‘shnisi, 4 yashar L.M.ni yashash uyiga olib kirgan. Unga 4 dona Amitriptlin nomli tabletkalarini suvda eritib ichirib, uxlatib qo‘ygan. So‘ng uning qulog‘ida bo‘lgan 1 juft 700 ming so‘mlik tilla sirg‘ani yechib olgan.

Denov tumani IIO FMB tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, 26 may kuni M.Azizaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid