Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bosqichma bosqich "Damas"lardan voz kechiladi – yangi avtobuslar olib kelinmoqda
Andijon shahriga 20 dona yangi avtobus olib kelinib, yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshladi. Yana 120 ta avtobus olib kelinishi natijasida shahar to‘liq yo‘nalishli jamoat transportiga o‘tadi. Kun.uz muxbiri mazkur avtobuslardagi sharoitlar bilan tanishib, yo‘lovchilar fikri bilan qiziqdi.
“Alpomish merosi” MChJ tomonidan 10 ta “Asiastar” va 10 ta “Isuzu” rusumli avtobuslar olib kelindi. Korxona tomonidan navbatdagi bosqichda yana 120 ta avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.

Korxona tomonidan olib kelingan yangi avtobuslar Andijon shahrining 1 – sonli “Viloyat IIB YHXB – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Shuningdek, Andijon shahridagi 22-sonli yo‘nalishli taksi “Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslarning yo‘l kira narxlari 1 000 so‘mni tashkil etmoqda. Bekatlarga kelish vaqti 8-10 daqiqani tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, avtobuslar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, sovutkichlar, kameralar va boshqa qulayliklarga ega.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montajchi – Jahongir Mahmudov.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025