Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina sport faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda
Jahon sport gimnastikasi afsonasiga aylangan o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Tokioda o‘tadigan Olimpiadadan keyin sport faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Ayni vaqtda Chusovitina germaniyalik murabbiy Diter Kox qo‘l ostida Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi O‘zA.
Chusovitina 1991 yildan beri jahon chempionatlari, qit'a birinchiliklarida, Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib keladi.
Mohir sportchimiz 7ta Olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi va bu natija bilan Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.
Avvalroq Chusovitina Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tgan jahon kubogi bosqichida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. Sportchimiz tayanib sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
17:57 / 08.03.2025
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024