Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonga qiymati 400 ming dollar bo‘lgan oziq-ovqat yordami yetkazib berdi
1 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlar Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali qiymati 399 ming 213 dollarga teng bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini O‘zbekistonga yetkazib berdi.
AQSh elchixonasi xabariga ko‘ra, to‘yimli sabzavotlar va dukkaklilar aralashmasidan iborat bo‘lib yuk O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya muassasalari va yordamga muhtoj oilalarga tarqatiladi.
130dan ortiq sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalaridagi, jumladan COVID-19 bo‘yicha karantin xizmatlarini ko‘rsatayotgan, ko‘p dori-darmonlarga chidamliligi bor sil kasaliga chalingan bemorlarga uzoq muddatli yordam berayotgan mamlakatdagi 30 mingdan ortiq eng yordamga muhtoj fuqarolar, bolalar uylari va psixiatrik muassasalar mazkur yordamni olishadi.
“Mazkur dastur O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi ovqatlanish sifatini yaxshilash va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamida sog‘lom va samarali turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdordagi, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqati bo‘lishini ta'minlash borasidagi doimiy hamkorlikni namoyish etadi”, dedi USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi 20 yil mobaynida AQSh tomonidan O‘zbekistonga berilgan umumiy yordam qiymati 1 milliard dollardan oshgan.
Mavzuga oid
22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
00:27 / 29.03.2025
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
00:55 / 28.03.2025