O‘zbekiston | 18:04 / 02.07.2021
1428
3 daqiqa o‘qiladi

Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdagi sessiyasida 3 ta qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Prokuror, Bojxona boshlig‘i, IIV va Adliya vazirilarining hisoboti tinglandi

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi. Sessiya kun tartibida 3 ta qonun loyihasi haqida so‘z borgan.

Sessiyadagi dastlabki masala – «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Jo‘qorg‘i Kengesning Ijtimoiy-madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tajibay Romanov, «Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Jo‘qorg‘i Kengesning Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qo‘mitasi raisi Zuxra Reymova, «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida Budjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Orinbay Bekbergenov so‘zga chiqqan. 

Shuningdek, sessiyada «Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash borasidagi ishlar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining hisoboti haqida», «Shahar va tumanlarda eksport salohiyatini oshirish, tovarlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va importni optimallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti haqida», «Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining axboroti haqida», «2021 yilning birinchi yarmida joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining axboroti haqida», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Prokuror, Bojxona boshlig‘i, IIV va Adliya vazirilarining hisoboti hamda 3 ta qonun loyihasi haqida qo‘shimcha ma'lumot berilmadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim internet nashrlari vakillari Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasiga kiritilmagani haqida xabar bergandik. Qoraqalpog‘istondagi birinchi raqamli davlat tashkiloti eshigi haligacha ushbu nashrlarga yopiq qolmoqda. Ular qatorida mahalliy nashrlar qatorida Kun.uz sayti ham bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid