Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqaruv tuzilmasi o‘zgartirildi
Hujjat prezidentning "Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2019 yil 28 yanvardagi PF-5643-son farmoni hamda "O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida" 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan belgilanishicha:
- vazir Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar birinchi o‘rinbosar va olti nafar o‘rinbosarga ega (ilgari - uch nafar birinchi o‘rinbosar va uch nafar o‘rinbosar);
Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik xizmati uchun oylik ustama haq to‘lanadi (lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):
- 1 yildan 3 yilgacha - 0,3;
- 3 yildan 5 yilgacha - 0,6;
- 5 yildan 10 yilgacha - 0,8;
- 10 yildan 15 yilgacha - 1,0;
- 15 yildan 20 yilgacha - 1,2;
- 20 yildan ortiq - 1,5;
Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etilishi munosabati bilan quyidagi hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi:
- Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi;
- Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom;
- Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Vazirlar Mahkamasining "Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2005 yil 19 maydagi 129-son qarori;
- Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari;
- "Bir darcha" tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;
- Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan to‘ldirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2016 yil 23 avgustdagi 272-son qarori;
- Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati.
Mavzuga oid
17:11 / 26.11.2024
"JST bu adolatli savdo tizimi" - Jamshid Qo‘chqorov
15:54 / 24.10.2024
Import avtomobillar Piskentdagi poligonda sinovdan o‘tkaziladi
18:23 / 08.10.2024
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti keskin qisqardi. Nega?
11:06 / 29.09.2024