O‘zbekiston | 09:36 / 03.07.2021
3144
3 daqiqa o‘qiladi

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish milliy darajada olib boriladi

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy darajada aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda davlat siyosatini yanada mustahkamlash;
  • ushbu sohadagi milliy tizimning xalqaro hujjatlarga muvofiqligini, shuningdek, FATF standartlari va xalqaro-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston qonunchilik hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta'minlash;
  • mazkur sohadagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida davlat organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning javobgarligini kuchaytirish;
  • xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish;
  • sohadagi barcha statistik ma'lumotlarning yaxlit tizimini shakllantirish, ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan foydalanish hamda axborot almashinuvi samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
  • sohaga jalb qilingan davlat organlari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlarini o‘qitish hamda qayta tayyorlash.

Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ro‘yxati.

 Har uch yilda bir marta milliy darajada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar baholanadi.

2022 yilda "Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish: zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid