Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegara masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv yakunida tegishli protokol imzolandi. Hukumat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.
Farg‘onada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegara masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Tomonlar muzokaralar davomida uch mamlakat davlat chegaralarining tutashuv nuqtalari joylashishi bo‘yicha takliflar almashdi. Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli protokol imzolandi», — deyiladi xabarda.
Ma'lumot berilishicha, hukumat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.
25 mart kuni Toshkentda o‘zbek-qirg‘iz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra hukumat delegatsiyalari protokol imzolagan hamda chegaralardagi bahsli uchastkalar bo‘yicha barcha masalalar hal etilgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025