Jamiyat | 16:48 / 04.07.2021
15412
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

Adliya vazirligi 2021 yil 15 iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi haqida ma'lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:

— alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;

— test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulgacha, keyinchalik har yili 15 iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e'lon qilinadi;

— o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

— test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi;

— o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Mavzuga oid