Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasi ochilishi va yopilishi tomoshabinlarsiz o‘tadi - Asahi
Tokio Olimpiadasining ochilish va yopilish marosimlari koronavirus pandemiyasi sababli oddiy tomoshabinlarsiz o‘tadi.
The Asahi yapon nashrining xabar berishicha, O‘yinlar tashkilotchilari va Yaponiya hukumati Olimpiadaning ochilish marosimiga faqat yuqori martabali mehmonlar tashrif buyura olishlari, oddiy tomoshabinlar esa tribunalarga qo‘yilmasligi haqidagi qarorni qabul qildi. Marosimda ishtirok etuvchi mehmonlar soni 10 mingdan kamroq bo‘ladi.
Hozirda bu masala bo‘yicha oxirgi muhokamalar olib borilmoqda. Ushbu qaror haqida 8 iyulda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. 8 iyulda ushbu masalalar XOQ prezidenti Tomas Bax, Tokio meri, Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar muxlislarga soat 21:00dan keyin musobaqalarga tashrif buyurishni taqiqlashmoqchi. Ertalabki va kunduzgi soatlarda arenalar to‘lishi o‘z sig‘imdorligining 50 foizidan oshmaydi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025