Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Akayev va Bakiyev xalqaro qidiruvga berildi
Qumtordagi korrupsiya ishi bo‘yicha yana bir necha nafar sobiq amaldorlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev Qumtor oltin koni ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i Qamchibek Toshiyev ma'lum qildi.
"Qumtor ishi bo‘yicha surishtiruv doirasida sobiq prezidentlar Akayev va Bakiyev xalqaro qidiruvga berildi", - dedi u.
Toshiyevning so‘zlariga ko‘ra, Qumtordagi korrupsiya ishi bo‘yicha yana bir necha nafar sobiq amaldorlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
17 may kuni Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Qumtor konini o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan «Kumtor Gold Kompani» korxonasi vakillariga nisbatan 4ta jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. Qamchibek Toshiyevning ta'kidlashicha, ushbu ish doirasida xavfli moddalar bilan muomala qilish qoidalarini buzish, tuproq va atmosferani ifloslantirish, muzliklarni yo‘q qilish, sug‘urta va soliq qonunbuzarliklari bilan bog‘liq holatlar tergov qilinmoqda.
May oyi oxirida sobiq bosh vazir Omurbek Babanov va parlamentning sobiq raisi Asilbek Jeenbekov mazkur ish doirasida hibsga olingandi.
Iyun boshlarida esa prezident ma'muriyatining sobiq rahbari Daniyar Narimbayev va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Almazbek Baatirbekov hibsga olindi.
Qumtor konini o‘zlashtirish bilan 1990-yillar boshidan beri Kanadaning «Centerra Gold Inc.» korporatsiyasi shug‘ullanib keladi. Korporatsiyaning Qirg‘iziston hukumati bilan tuzgan kelishuviga asosan konni o‘zlashtirish maqsadida “Kumtor Gold Kompani” korxonasi tashkil etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Qumtorda 17 tonnadan ko‘proq oltin olingan.
Mavzuga oid
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:30 / 14.11.2024