Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Rossiya qiruvchi samolyotlari parvozi Ispaniya bosh vazirining Litvadagi matbuot anjumani to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi
Uchuvchilar so‘rovlarga javob bermagani bois havo politsiyasi chaqirilgan.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning Litvaning Shaulyay shahridagi harbiy-havo kuchlari bazasidagi matbuot anjumani xavf signali e'lon qilinishi sababli to‘xtatildi. Bu haqda Delfi nashri xabar berdi.
«Litva havo hududida parvozi to‘g‘risida ma'lum qilinmagan ikki samolyot qayd etildi, uchuvchilar so‘rovlarga javob bermadi, shu sababli havo politsiyasi chaqirildi», — dedi mudofaa shtabi matbuot kotibi Andryus Dilda.
Matbuot anjumanida Litva prezidenti Gitanas Nauseda ham ishtirok etayotgandi.
Dildaning ma'lumot berishicha, «Rossiyaning ikkita Su-24 samolyoti Kaliningrad oblastidan Rossiyaning materik qismiga parvoz qilgan».
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyotlar kelishilmagan parvozni amalga oshirgan va parvozlarni boshqarish markazi bilan aloqaga chiqmagan.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
17:17 / 14.05.2025