Jamiyat | 19:45 / 08.07.2021
2538
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda noqonuniy ortib ketilayotgan 2,5 tonna rangli metal parchalari ushlandi

Samarqand viloyatida 2,5 tonna noqonuniy ortib ketilayotgan alyuminiy rangli metal parchalari to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.O. boshqaruvidagi ISUZU rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy og‘irligi 2 507 kilogramm bo‘lgan alyuminiy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma'lumot uchun, Vazirlar Maheamasining 2018 yil 6 iyunda qabul qilingan «Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 425-sonli qaroriga asosan, jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda «O‘zmetkombinat» va «O‘zikkilamchiranglimetall» aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 6 oyda 13 kilogramm giyohvandlik moddalari ushlab qolingan

Samarqandda 1000 quti aksiz markasi bo‘lmagan sigaretni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid