Jahon | 19:40 / 08.07.2021
14892
1 daqiqa o‘qiladi

Tashiyev: Qirg‘iziston Afg‘onistondan keladigan tahdidlarga tayyor

Qirg‘iziston Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida qiyin vaziyat yuzaga kelmoqda.

«Tez orada Afg‘onistondan kelgan qochqinlar bizning hududimizda uchrashishi mumkin. Biz va Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari tashqi tahdidlarga tayyorlanmoqdamiz. Bu sohada faol ishlar olib borilmoqda», deya ta'kidlagan Tashiyev.

Shuningdek, u Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishi fonida Markaziy Osiyodagi terroristik tashkilotlar, shu jumladan, Qirg‘izistondagi harakatlar kuchayganini aytib o‘tgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid