Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda IIB xodimi va mahalla fuqarolari o‘rtasida nizo chiqdi. IIBB fuqarolarni aybladi
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi keksa erkakni ushlab olib ketmoqchi bo‘layotgani, bu vaqtda bir necha mahalliy fuqaro bilan janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Jarayon davomida IIB xodimi vaziyatni videoga olgan shaxsdan hujjat ko‘rsatishni talab qilgan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi. Unda aytishicha, IIB xodimini otaxonning farzandi chaqirtirgan.
“2021 yil 8 iyul kuni taxminan soat 10:40larda Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1972 y.t. Dilmurod M. 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, otasi 1935 y.t. Abdufattoh M. mast holatda bo‘laturib, uyda janjal, to‘polon ko‘targanini ma'lum qilib, yordam so‘ragan.
Hodisa joyiga tezkorlik bilan Shayxontohur tumani IIO FMB profilaktika inspektori mayor Ulug‘bek Yaxshiboyev yetib kelgan.
Profilaktika inspektori Abdufattoh M.ni ichki ishlar bo‘limiga olib borib holatni batafsil o‘rganmoqchi bo‘lganda, janjalga qo‘shnilar aralashishgan. Vaziyatdan to‘liq xabardor bo‘lmagan qo‘shnilar noto‘g‘ri xulosa chiqarib, inspektorning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan va profilaktika inspektori bilan janjallashgan”, – deyiladi IIBB axborotida.
Boshqarma o‘z bayonotida “mahalla aholisi ichki ishlar organi xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan” deb hisoblashini bildirdi.
Fuqarolar “vaziyatni bilmasdan, holatni to‘liq o‘rganmasdan, profilaktika inspektori bilan konstruktiv tarzda suhbatlashmasdan, unga qo‘pollik qilishgan, uning xizmat kiyimiga shikast yetkazishgan”, deb hisoblamoqda shahar IIBB. Biroq videoda ko‘rish mumkinki, fuqarolar IIB xodimini muloqotga taklif qilgan, ya'ni IIBB bayonotidagi “konstruktiv tarzda suhbatlashmagan” iddaosini xodimga nisbatan ham ishlatish mumkin.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Profilaktika inspektoriga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid
23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
20:24 / 19.05.2025
Toshkentda ruhiy kasal erkak ichki ishlar xodimini pichoqladi
10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi
12:04 / 05.04.2025