Iqtisodiyot | 18:13 / 09.07.2021
11232
1 daqiqa o‘qiladi

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi auksionga chiqarildi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi 224-son qaroriga asosan, oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomili va mexanizmi tasdiqlangan edi.

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazining xabar berishicha, nizomga muvofiq 5 ta qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun litsenziyalar «E-AUKSION» elektron savdo maydonchasiga chiqarilgan.

Navoiy viloyati, Nurota tumani, Soykechar qishlog‘idan 7,5 km shimoliy-g‘arbda joylashgan 5 ta uchastka (Shoxsoy-1/21, Shoxsoy-2/21, Shoxsoy-3/21, Shoxsoy-4/21, Shoxsoy-5/21lar uchun onlayn savdolar o‘tkazilishi belgilangan.

Ma'lumot uchun, realizatsiya qilingan ushbu uchastkalar 3 yil muddatga beriladi.

 

Mavzuga oid