Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi Tojikiston bilan chegarada sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘ldi
Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatining qayd etishicha, "tojik tomonidan ham halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor".
Tojikiston bilan chegarada yuz bergan otishma oqibatida Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
"Tojik chegarachilarining Qirg‘iziston chegara naryadiga amalga oshirgan qurolli hujumi oqibatida Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati harbiy xizmatchisi serjant Husnidin Hojiyev halok bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Qo‘mitaning qayd etishicha, "tojik tomonidan ham halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor".
Ma'lumot berilishicha, qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasidagi otishma 8 iyul kuni Chashmagildon dovoni hududida sodir bo‘lgan. Bishkek Qirg‘iziston harbiylari "Tojikiston chegarachilarining kutilmagan hujumiga duch kelgani"ni ta'kidlamoqda.
8 iyul kuni Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi to‘rt nafar qirg‘iz chegarachisi chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tganini ma'lum qilgandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, voqea So‘g‘d viloyatining Devashtich tumanidagi Rosrovut hududida sodir bo‘lgan. Otishma natijasida ikki nafar qirg‘izistonlik harbiy jarohatlangan.
«Qirg‘iz harbiylari aralash – fuqaro va harbiy libosda hamda o‘tochar qurol bilan qurollangan bo‘lgan. Ular 9 bosh otni Devashtich tumanidan Qirg‘iziston hududiga olib o‘tishga uringan», - deyiladi qo‘mita bayonotida.
Qayd etilishicha, qirg‘izistonlik chegarachilar to‘xtash to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunmagan va tojik chegarachilariga qarata o‘q uzgan. Javob tariqasida uzilgan o‘qdan ikki nafar qirg‘iz chegarachisi jarohatlangan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025