Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suvaysh kanali rekord qiymatda daromad oldi
Misr orqali o‘tuvchi Suvaysh kanali yakunlangan moliyaviy yilda o‘z tarixida rekord qiymatda daromad oldi. Summa 5,84 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar berdi kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida Suvaysh orqali o‘tuvchi kemalar soni va tonnaji anchaga oshgan. Kanal ma'muriyati taqdim qilgan statistikaga ko‘ra, 2021 yil yanvardan iyungacha O‘rta Yer va Qizil dengizlarni bog‘lovchi kanal orqali 9763 kema o‘tgan, bu esa 2020 yilning shu davridagiga nisbatan 217ta kema ko‘p bo‘lgan.
Robining ta'kidlashicha, kanal orqali o‘tuvchi kemalar soni ko‘payishiga “kanalning qulay marketing va narx-navo siyosati, jumladan imtiyozlar va chegirmalar taqdim qilishi” olib kelgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025