Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda shifoxonada navbatchilikda turgan ayolning tanishi uning yuziga kislota sepib, tunab ketdi
Namangan shahridagi xususiy shifoxonalardan birida navbatchilikda turgan ayolning tanishi uning yuziga kislota sepib, tilla qimmatbaho taqinchoqlari va telefonini olib qochib ketgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 iyul kuni soat 23:22da, viloyat IIBga 102 orqali xabar tushgan. Unga ko‘ra, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol shu kuni soat 22:30larda, xususiy shifoxonada navbatchilik qilib turgan vaqtida, uning oldiga «Murodjon» ismli tanishi u bilan ko‘rishib gaplashib olish maqsadida kelgan. Ayol tanishini ixtiyoriy ravishda xususiy shifoxonaga olib kirib, o‘zaro gaplashib o‘tirgan vaqtda «Murodjon» uni bo‘ynidan bo‘g‘ib, pul va boshqa moddiy qimmatlikdagi buyumlarni berishni talab qilgan.
So‘ng, yuz qismiga polietilen idishda bo‘lgan suyuqlikni sepib, ayolning bo‘ynida bo‘lgan narxi 3 million so‘mlik zanjir, qulog‘ida bo‘lgan narxi 4,5 million so‘mlik baldoq hamda narxi 4,5 million so‘mlik «Huawei» rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan noma'lum tomonga yashiringan.
Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filialining dastlabki ma'lumotnomasida ayolning tanasida chap ko‘z, og‘iz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.
IIV JQBB xodimlari, viloyat IIB JQB, va Namangan shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan N.Murodjon sodir etganligi aniqlangan. Jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan ayollar zanjiri, baldoq va «Huawei» rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
17:12 / 10.02.2025
Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi
13:42 / 23.11.2024