Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
O‘zini poyezd tagiga tashlagan ayol qutqarib qolindi
 
                                    Foto: KUN.UZ
Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 11 iyul kuni soat 22:30 larda Farg‘ona viloyati IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qo‘qon-Buvayda temir yo‘l bekatlari oralig‘i 22-kmda Buvayda tumani, Jilva qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘.Z. o‘zini poyezd ostiga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtida, TXTB PPX xodimi ushlab qolgani ma'lum bo‘lgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro O‘. Z. oilaviy janjal tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Shundan so‘ng ushbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.
Avvalroq Buvayda tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida voyaga yetmagan fuqaro qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
 
                        07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
 
                        08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
 
                        18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
 
                        10:00 / 11.04.2025
 
               
             
              