Jahon | 09:24 / 14.07.2021
5758
2 daqiqa o‘qiladi

Singapurdan sayohatga chiqqan kema yo‘lovchilardan birida koronavirus aniqlangani sabab ortga qaytdi

Foto: AP

Singapurdan “manzilsiz” sayohatga yo‘l olgan Dream Cruises layneri undagi yo‘lovchilardan birining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqandan keyin muddatdan oldin ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda CNA telekanali xabar berdi. 

Bundan avvalroq barcha yo‘lovchilarga kema bortida koronavirus bilan kasallangan yo‘lovchi bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Shundan keyin kemadagi faoliyat to‘xtatilib, kemani belgilangan muddatdan oldin Singapurga qaytarishga qaror qilingan. Ekipaj kasallangan yo‘lovchi bilan yaqin aloqada bo‘lganlar aniqlangani, ularning koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqanini ma'lum qilgan.

Singapur hukumati 2020 yil noyabrdan boshlab “manzilsiz” sayohatlar uyushtirishga ruxsat bergandi. Bunda kruiz layneri bir necha kunga ochiq dengizga chiqib, boshqa davlatlarda to‘xtamagan holda suzib yuradi. Bunday sayohatlarga nisbatan o‘rnatilgan talablarga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar kemaga o‘tirishdan oldin koronavirusga test topshirishi, bortda hamma himoya niqobida bo‘lishi hamda ijtimoiy masofaga rioya qilishi zarur.

2020 yilda bir nechta kruiz laynerlarida yo‘lovchilar orasida koronavirusning ommaviy tarqalishi qayd qilingandi.

Mavzuga oid