Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda sodir bo‘lgan «avariya»da uchta mashina shikastlandi. ISUZU yuk mashinasi va «Neksiya» ag‘darilib ketdi
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda ISUZU yuk mashinasi va «Neksiya» ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 15 iyul kuni soat 13:00larda M-34 Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 34-kilometrida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Sirdaryo-Guliston yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan «Damas» ortga qayrilib olayotgan vaqtda ortidan bir yo‘nalishda harakatlanib kelgan ISUZU yuk mashinasi urib yuborgan. Natijada «Damas» qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, ISUZU esa yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan va yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Shu vaqtda Sirdaryo-Guliston yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan «Neksiya» mashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan.


Oqibatda har uchala mashina jiddiy shikastlangan. Shuningdek, ISUZU yuk mashinasiga ortilgan yuklarning bir qismi yaroqsiz ahvolga kelgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim jarohatlanmagan. Mazkur hodisa yuzasidan Sirdaryo IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025