Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir shingil uzum 12,7 ming dollarga sotildi
Yaponiyada yuqori sifatli qizil uzumning bir shingili 1,4 million iyenga (12,7 ming dollar) sotildi. Ruby Roman, ya'ni “Rim yoquti” deb nomlangan uzum navini Tayvandagi Yumaowu yapon supermarketlari tarmog‘i boshqaruvchisi Se Min-ta sotib olgan.
Ta'kidlanishicha, Ruby Roman Kanadzavada o‘tkaziladigan auksionda qatorasiga uchinchi yil rekord narxga sotilmoqda.

Se Min-taning aytishicha, u uzumni o‘z do‘konida sotuvga qo‘ymoqchi va u bilan mijozlarni mehmon qilmoqchi.
“Men Ruby Roman’ni Tayvan xalqiga namoyish qilmoqchiman. Siz uzum navini yaratuvchi kishilar mehnati qanchalik mashaqqatli ekanini o‘ylaganingizda, 1,4 mln iyen ushbu uzum uchun arzon narx ekanini tushunasiz”, deb aytgan tadbirkor.
Ta'kidlash joiz, auksionga ushbu uzumdan 253 boshi sotuvga qo‘yilgan.
Ruby Roman dunyodagi eng qimmat uzum navi hisoblanadi. Yaponiyalik seleksionerlar uni 1994 yilda olishgan, biroq u birinchi marta sotuvga 2008 yildagina chiqarilgan. Ushbu nav qizg‘ish-yoqut rangga ega yirik suvli donlari va juda shirin ta'mga egaligi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025