Jahon | 09:00 / 18.07.2021
11745
2 daqiqa o‘qiladi

Haitining marhum prezidenti rafiqasi yurtiga qaytdi

Haitining o‘ldirilgan prezidenti Jovenel Moizning rafiqasi, turmush o‘rtog‘iga uyushtirilgan suiqasd vaqtida jarohat olgan Martin Moiz yurtiga qaytdi. U AQShda davolanayotgan edi.

Martin xonimning Haitiga qaytishi haqida ma'lum qilingan. U Haitidagi yetakchi diplomatlar bosh vaziri etib tayinlangan Ariel Anrini hukumatni shakllantirishga chaqirishgandan bir necha soat o‘tib yurtiga kelgan.    

Martin Moiz samolyotdan tushganda bronejiletda va qo‘lini ushlab turuvchi bog‘ichda bo‘lgan. Uni bosh vazir vazifasini bajarayotgan Klod Jozep va boshqa amaldorlar kutib olgan.  

Avvalroq Martin Moiz erining 23 iyulda o‘tadigan dafn marosimida ishtirok etmoqchiligi ma'lum qilingan.

Martin xonim Haitiga qaytishi oldidan o‘z tarkibiga AQSh, Yevropa ittifoqi, Fransiya, Germaniya, Braziliya, Kanada, Ispaniya elchilari hamda BMT va Amerika davlatlari tashkilotlari vakillarini oluvchi “Asosiy guruh” Ariel Anrini unga ishonib topshirilgan missiyani davom ettirishga va “o‘zaro kelishgan hamda bahamjihat hukumat”ni shakllantirishga chaqirgan.

Anri Jovenel Moiz o‘limidan keyin bosh vazir etib tayinlangandi, biroq lavozimiga kirishishga ulgurmagan.

Jovenel Moiz 7 iyulda o‘z qarorgohida bir guruh qurollangan yollanmalar tomonidan o‘ldirilgandi. Bu qotillik bo‘yicha 30ga yaqin gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Mamlakatda favqulodda holat e'lon qilingan.

Mavzuga oid