Jamiyat | 17:21 / 19.07.2021
1889
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxlik ota farzandlarining alimenti uchun ikkita uy berdi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi ota ikkita uyini ikki nafar farzandining alimenti uchun sobiq rafiqasining nomiga o‘tkazib bergan.

Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 2016 yildan beri turmush o‘rtog‘i bilan yashamaydigan jizzaxlik erkakning birinchi nikohidan ikki nafar qizi bo‘lsa-da, u shu paytgacha farzandlarining ta'minoti uchun aliment to‘lovini to‘lamay kelgan. Natijada qizlarning onasi 2021 yilda sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining qaroriga asosan, 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti otaga yuklatilgan. Ota aliment to‘lovi bekor qilinishi evaziga Mirzacho‘l tumani Do‘stlik mahallasidan bir xonali hamda G‘alaba mahallasidan 3 xonali uylarni qizlarining ta'minoti uchun sobiq rafiqasining nomiga o‘tkazib bergan.

Avvalroq xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan konimexlik erkak 32,4 million so‘m, shahrisabzlik ota 3 nafar farzandi uchun 100 million so‘m, ikki nafar farzandining alimentini to‘lamay kelayotgan kattaqo‘rg‘onlik erkak 260 million so‘m, aliment to‘lab bergan, qonuniy majburiyatidan bo‘yin tovlab kelgan shahrixonlik, xo‘jaobodlik, sirdaryolik, yakkabog‘lik otalar qamalgandi.

Bundan tashqari, Xorazm va Samarqandda farzandlarining alimenti uchun uy, Qo‘qonda aliment to‘lovi o‘rniga «Spark», Buxoroda esa uy va «Nexia-2» kalitlari topshirilgan edi.

 

Mavzuga oid