Jahon | 11:27 / 20.07.2021
28504
1 daqiqa o‘qiladi

Kobulda prezident saroyi yaqinida raketalar portladi

Kadr: RTA / via REUTERS

20 iyul kuni Afg‘oniston prezidentining Kobuldagi saroyi yaqinida bir nechta raketa portladi. Raketalar Qurbon hayit namozi o‘qilayotgan vaqtda saroy joylashgan hudud tomon uchirilgan.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu vaqtda saroyda prezident Ashraf G‘ani va boshqa yuqori mansabdor shaxslar hayit namozini ado etishayotgan bo‘lgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.

O‘z navbatida 1TV telekanali saroy yaqinida 3 marta portlash ovozi eshitilganini ma'lum qilgan.

"Tolibon" harakati hujumga aloqadorligini rad etgan. Harakat rasmiy vakili Reuters'ga jangarilar Qurbon hayiti kunlari "mudofaa rejimi"da ekanini ma'lum qilgan.

"Tolibon" avvalgi bir necha yillardan farqli ravishda, bu yil Qurbon hayiti munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatishi haqida rasman e'lon qilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid