Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligining qator funksiyalari auditorlar jamoat birlashmalariga o‘tkaziladi
Moliya vazirligi tomonidan prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - 1 avgustdan Moliya vazirligining auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash funksiyalarini auditorlarning jamoat birlashmalariga o‘tkazish.
Auditorlarni sertifikatlashtirish rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalari, auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarining shaffofligini ta'minlash, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik va o‘zaro aloqalarni o‘rnatish asosida amalga oshiriladi.
Qaror bilan quyidagilar nazarda tutilgan:
- “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish;
- buxgalterlarning xalqaro sertifikatiga ega abituriyentlarni oliy ta'limning “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga, talabalarni esa “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilish;
- Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi buxgalteriya ta'limi xalqaro standartlari bo‘yicha Kengash tomonidan chop etilgan xalqaro ta'lim standartlarini O‘zbekiston hududida qo‘llash uchun tan olish.
Bugungi kunda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish, auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash Moliya vazirligining funksiyalari hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022