Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi
U fuqaro ishonchiga kirib, ishga yuborishni va'da qilib, 6 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga o‘zini mehnat migratsiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishi evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilgan. Shundan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Izboskan tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025